Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi

  • 16 sentyabr 2019, 15:18
  • 701
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi
    Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

    Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

    Hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zolari hisoblanib, mazkur tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimiga muvofiq tasdiqlangan.

    Tashkilot Turkiy tilli davlatlarning rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollar kengashi va Kotibiyatdan tarkib topgan bo‘lib, a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, investitsiya, bojxona, transport, ta’lim, turizm, axborot kabi sohalarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar tashkillashtirilib, har bir a’zo davlatning manfaatidan kelib chiqqan holda kelishuvlarga erishiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi