BMT: O‘zbekiston — sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasidagi aholisi eng baxtiyor mamlakat

  • 16 sentyabr 2019, 16:30
  • 1 294
  • O‘zbekiston
  • BMT: O‘zbekiston — sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasidagi aholisi eng baxtiyor mamlakat
    O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasida aholisi eng baxtli mamlakat deb topildi. Bu haqda BMT tuzilmasi tomonidan tayyorlangan Dunyo aholisining baxtlilik indeksida ma’lumot berilgan.

    Reyting mamlakat yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga ulushi, ijtimoiy ta’minot, umr davomiyligi, huquq va erkinliklarning ta’minlanganlik darajasi, xayriya hamda korrupsiya ko‘lami kabi omillardan kelib chiqib tuzilgan.

    2019 yilgi reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston 10 ballik baxtlilik tizimida 6,17 ball to‘plab, jahon mamlakatlari orasida 41-o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun, sobiq Ittifoqning hozirgi kundagi eng farovon respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yi mamlakatlari ko‘rsatkichlari O‘zbekistonnikidan biroz pastroq — Litva 42-o‘rinda, Latviya 53-o‘rinda, Estoniya esa 55-o‘rinda.

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidan chiqqan Gruziya 156 mamlakat orasida 119-o‘rinni egallagan. MDHga a’zo qolgan mamlakatlarning baxtlilik reytingdagi o‘rni quyidagicha: Qozog‘iston 60, Rossiya 68, Moldova 71, Tojikiston 74, Belarus 81, Qirg‘iziston 86, Turkmaniston 87, Ozarbayjon 90, Armaniston 116, Ukraina 133-o‘rinni band etgan.

    Finlyandiya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstriya aholisi dunyodagi eng baxtli mamlakatlar deya e’tirof etilgan. Reytingning eng so‘nggi besh pog‘onasidan Ruanda (152), Tanzaniya (153), Afg‘oniston (154), Markaziy Afrika Respublikasi (155) va Janubiy Sudan (156) o‘rin olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » BMT: O‘zbekiston — sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasidagi aholisi eng baxtiyor mamlakat