13:32 / 18.09.2019
3 417

19 sentyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19 sentyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 sentyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 19 sentyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti