15:23 / 18.09.2019
3 704

O‘zbekiston Iordaniyaga yaqinlashmoqda

O‘zbekiston Iordaniyaga yaqinlashmoqda
Kecha, 17 sentyabr kuni Ammon shahrida O‘zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida ilk marotaba siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

TIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Tashqi ishlar va muhojirlar masalalari bo‘yicha vazirlik bosh kotibi Saja al-Majaliy boshchilik qildi.

Siyosiy maslahatlashuvlarda Iordaniya tomonidan rejalashtirish va xalqaro taraqqiyot, sanoat va savdo, raqamli iqtisodiyot va startaplar vazirliklari, parlament, shuningdek, Iordaniya va Ammon shahri savdo-sanoat palatalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Delegatsiyalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga urg‘u berib, hamkorlikning hozirgi holatini batafsil ko‘rib chiqdi, mintaqaviy va xalqaro muammolar, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi aloqalarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashdi.

Tomonlar ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish va Ishbilarmonlar kengashini tuzish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Iordaniyaga yaqinlashmoqda