09:35 / 20.09.2019
2 881

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 - 23 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 sentyabrda 12-17 daraja, 23 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 20 sentyabrda 29-34 daraja, 21 sentyabrda 31-36 daraja bo‘ladi, 22-23 sentyabrda 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-22 sentyabrda 31-36 daraja, 23 sentyabrda 25-30 daraja issiq, Navoiy viloyatining shimolida 20-22 sentyabrda 12-17 daraja, 23 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 20 sentyabrda 29-34 daraja, 21 sentyabrda 31-36 daraja bo‘ladi, 22-23 sentyabrda 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20 sentyabrda 29-34 daraja, 21-22 sentyabrda 31-36 daraja, 23 sentyabrda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-22 sentyabrda 33-38 daraja, 23 sentyabrda 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20 sentyabrda 29-34 daraja, 21-23 sentyabrda 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiqdan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?