15:13 / 20.09.2019
3 006

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamadan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga muhim ahamiyat qaratmoqda.

Energetika, geologiya-qidiruv, avtomobil sanoati, transport, telekommunikatsiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda Yaponiya kompaniya va banklari bilan kooperatsiya sur’ati ortib borayotgani ta’kidlandi.

Xabarda qayd etilishicha, joriy yil dekabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrif buyuradi