15:36 / 20.09.2019
3 416

Deputatlar yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi

Deputatlar yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi
Joriy yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3945-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihada to‘lov tizimlari va ularning tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar, to‘lov tizimlarini nazorat qilish va kuzatib borish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash, elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashga doir normalar kiritilmoqda.

Shuningdek, ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2005 yil 2 noyabrda qabul qilingan «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi O‘RQ–13-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» O‘RQ–223-sonli Qonunining 12-moddasi bekor qilinmoqda.

Muhokamalardan so‘ng Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yangi qonun loyihasi qabul qilindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Deputatlar yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi