10:15 / 23.09.2019
3 600

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 24 - 27 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda 8-13 daraja, 25 sentyabrda 10-15 daraja, 26-27 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-25 sentyabrda 22-27 daraja, 26-27 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda 10-15 daraja, 25-27 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-25 sentyabrda 22-27 daraja, 26 sentyabrda 25-30 daraja, 27 sentyabrda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda 10-15 daraja, 25-27 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 24 sentyabrda 25-30 daraja, 25-27 sentyabrda 29-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24 sentyabrda 25-30 daraja, 25-27 sentyabrda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-26 sentyabrda 31-36 daraja, 27 sentyabrda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 24 sentyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-27 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 24 sentyabrda 18-23 daraja, 25-27 sentyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?