22:23 / 23.09.2019
3 722

O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida narx-navo o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida narx-navo o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
2019 yil yanvar-avgustda O‘zbekistonda narx-navo 8,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda milliy statistika idoralari ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda BelaPAN nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilning ilk 8 oyida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari orasida 1-o‘rinni egallagan. Bu borada 2-o‘rinni Tojikiston (5,8 foiz), 3-o‘rinni Moldova (4 foiz) egallagan.

Yuqorida keltirilgan davlatlardan inflyatsiya miqdori kamroq Gruziyada (3,1 foiz), Qozog‘istonda (3 foiz), Belarusda (2,9 foiz) va Ukrainada (2,7 foiz) qayd qilingan. Keyingi o‘rinlarni Estoniya (2,6 foiz), Rossiya (2,4 foiz), Latviya (2,3 foiz), Litva (1,4 foiz), Ozarboyjon (0,6 foiz) va Qirg‘iziston (0,3 foiz) egallagan. Armanistonda esa, aksincha, deflyatsiya (2,3 foiz) kuzatilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Avgust oyida Qirg‘iziston (0,03 foiz), Qozog‘iston, Latviya (0,2 foizdan), Gruziya (0,5 foiz), Estoniya (0,7 foiz), Tojikiston (0,9 foiz) va O‘zbekistonda (2,9 foiz) inflyatsiya qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida narx-navo o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi