07:10 / 26.09.2019
2 975

O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olishda BMT yordam beradi

O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olishda BMT yordam beradi
O‘zbekistonda 2022 yilda rejalashtirilgan umumxalq aholini ro‘yxatga olish jarayonida Statistika qo‘mitasiga BMT fondi hamda xalqaro tashkilotlar yordam beradi. Bu haqida Statistika qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xabar qilindi.

“25-sentyabr kuni Davlat Statistika qo‘mitasida qator xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillari, Iqtisodiyot va sanoat hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari xodimlari ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlari, xususan, UNFPA (BMT Aholi Fondi) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish davomida barcha hududlarda yashayotgan aholi soni, yoshi, millati, jinsi, yashash sharoiti qayd etiladi.

Ekspertlar qayd etishiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 30 yil ichida aholi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Aholining aniq sonini hech kim bilmaydi. So‘nggi bor umumxalq aholini ro‘yxatga olish jarayoni 1989 yilda o‘tkazilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olishda BMT yordam beradi