Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 5-yig‘ilishi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish rejasi qabul qilindi.
2019 yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif buyurib, “Bir makon, bir yo‘l” Ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etgandi. 27-29 avgst kunlari qo‘mitaning 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Uning yakunlariga ko‘ra, kelishuvlar, memorandumlar va umumiy qiymati 4,342 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston hukumati erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini tasdiqladi. Unda ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar har bir loyiha bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqib tasdiqlashi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi hamda hisobot berishi lozim.
Yirik loyihalar orasida O‘zbekiston hududlarida “Xavfsiz shahar” tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik bor. Uning doirasida Xitoy tomonidan 1 mlrd dollarlik kelishuv imzolangan. Ushbu tizim jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua hisoblanadi. Toshkentda tizimni 2020 yilning oxirgi choragida foydalanishga kiritish rejalashtirilgan. Tizimning butun mamlakat bo‘ylab montaj qilinishi va ishga tushirilishi 2021 yil dekabrigacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?