21:02 / 30.09.2019
2 755

YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi

YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi
Yevropa Komissiyasi Yevropa kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi, deya xabar beradi Regnum.ru nashri.

Shu bilan birga, Yevropa Komissiyasi vakilining aniq fikrlari keltirilmagan. Nashrning qayd etishicha, o‘tgan hafta oxirida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamaxmudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda O‘zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etgan. Tadbir Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi.

“Yevropa kompaniyalariga murojaat qilgan Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa Komissiyasining boshlig‘i An-Sharlot Bournovill YeI energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini ta’kidladi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev respublika hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarining aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyadorlarga bosqichma-bosqich sotishni rejalashtirayotganini aytgandi. Faqat qurilishi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan bir nechta gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari davlat boshqaruvida qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi