Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

  • 11 oktyabr 2019, 17:50
  • 832
  • O‘zbekiston
  • Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
    Bugun Volgabo‘yidan g‘arbiy Qozog‘iston orqali respublika hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keldi, tekislik hududlarda avvalgidek quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kunduzgi harorat mamlakatning katta qismida 2-3 darajaga pasayib, shu davr uchun xos bo‘lgan me’yorlarga yaqin bo‘ladi.

    Dam olish kunlarida O‘zbekiston aholisini iliq va quruq ob-havo kutmoqda. Bu kunlarda respublikaga Turkmaniston hududlaridan chiqqan iliq havo kiradi. Termometr ustunchasi kunduzi 24-27 darajagacha ko‘tariladi.

    Kelayotgan hafta dushanba kuni navbatdagi havo oqimi kirishi bilan respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib, faqat Toshkent viloyatida havo o‘zgarishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, uning tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin. Kunduzgi harorat 18-23 darajagacha pasayadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?