Jerar Deparde fransuzlarga O‘zbekistonni tanishtiradi

  • 12 oktyabr 2019, 06:00
  • 690
  • O‘zbekiston
  • Jerar Deparde fransuzlarga O‘zbekistonni tanishtiradi
    Kecha, 10 oktyabr kuni Parijda mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde va “Buyuk ipak yo‘li” nomli loyiha ishtirokchilarining O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlash bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustamboyev, “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov va «B-Tween Production» kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etdi.

    Tomonlar film loyihasining amaliy jihatlarini muhokama qildi. Film mualliflarining fikriga ko‘ra, bosh qahramon Jerar Deparde butunlay yangi qiyofa orqali tomoshabinlarga O‘zbekistonga mutlaqo yangi nuqtai nazarni taqdim etadi. Film odatiy yo‘nalish va mashqlardan uzoqlashgan holdan fransuz tomoshabinlari uchun O‘zbekistonning yangi noma’lum yuzlarini ochish vazifasini qo‘yadi.

    Shu maqsadda loyiha tashkilotchilari O‘zbekistonning eng g‘ayrioddiy va sirli joylarida suratga olish ishlarini rejalashtirishgan. Filmda ta’limda islom dinining roli va mohiyatiga alohida e’tibor beriladi.

    Uchrashuvda hujjatli filmni Fransiya va O‘zbekiston telekanallarida namoyish etish masalasi ham muhokama etildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jerar Deparde fransuzlarga O‘zbekistonni tanishtiradi