MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

  • 12 oktyabr 2019, 06:33
  • 834
  • O‘zbekiston
  • MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 11 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston davlat rahbarining matbuot xizmati.

    Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazgan. Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev MDH doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etgan hamda sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    MDH O‘zbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    So‘nggi yillarda O‘zbekistonning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi. 2019 yili O‘zbekistonda MDHning ko‘plab tadbirlari o‘tkazildi. «Uchrashuvda 2020 yilda MDHda raislik O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risidagi qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi», — deyiladi rasmiy axborotda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi