10:28 / 15.10.2019
2 964

Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti bo‘ladi

Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti bo‘ladi
Foto: TIV matbuot xizmati
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 14 oktyabr kuni Bokuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va kuzatuvchi-davlat Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining o‘z ishini boshlayotgan VII sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Turkiy kengash doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari borasidagi O‘zbekiston qarashlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.

2017 yildan boshlab O‘zbekiston Turkiy kengashning ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasini yiliga o‘rtacha 30 foizga oshirib bormoqda. 5 oktyabr kuni Toshkentda turkiy olam vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi va Investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Xiva shahrining 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan Turkiy kengash faoliyatining tashkiliy-moliyaviy masalalari yechimi, xususan, Vengriyada Turkiy kengash vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq qator hujjatlar tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti bo‘ladi