10:30 / 22.10.2019
3 398

O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)

O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)
6—21 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va shveysariyalik hamkasblari bilan birga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindiston jamoalariga, uchinchi o‘rin ham mezbonlarga nasib etdi. Mazkur musobaqada 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnashdi (mezbon davlat tanlovda 63 ta jamoa bilan ishtirok etdi).

9 bosqichdan iborat tanlov davomida ishtirokchilar navigatsiya vositalarisiz Kembriya tog‘lari bo‘ylab 25 kilogramm yuk bilan 70 kilometr masofaga marsh yurish, 1000 metrdan ortiq balandlikka ko‘tarilish va 750 metrlik pastlikka tushishni amalga oshirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
21 oktyabr, dushanba kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston vakillarini tantanali kutib olish tadbirida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, o‘quvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda ham «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)