20:23 / 23.10.2019
2 735

Markaziy Osiyo sayohat qilish uchun eng yaxshi mintaqa deb topildi

Markaziy Osiyo sayohat qilish uchun eng yaxshi mintaqa deb topildi
Avstraliyaning Lonely Planet nashri sayohat qilish uchun eng maqbul yo‘nalishlar ro‘yxati Best in Travel reytingini taqdim qildi. Reyting 4 ta kategoriyada - eng yaxshi 10 ta mintaqa, 10 ta mamlakat, 10 ta shahar hamda 10 ta ma’qul taklif yo‘nalishlarida tuzildi.

Eng yaxshi 10 ta mintaqa yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nashr mintaqadagi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga borishni tavsiya qilmoqda.

"Mintaqa yana sayyohlarning qiziqish markaziga aylanmoqda. Qadimiy shaharlar, gavjum bozorlar hamda aslicha saqlanib qolayotgan tabiat ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda", deyiladi Lonely Planet xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy Osiyo sayohat qilish uchun eng yaxshi mintaqa deb topildi