Hukumat paxta bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi

  • 04 noyabr 2019, 11:39
  • 2 047
  • O‘zbekiston
  • Hukumat paxta bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi
    Vazirlar Mahkamasining “Ingichka tolali paxta navlari yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Hayitov), “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati (Maqsudov) va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (Haydarov) respublikada yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ingichka tolali g‘o‘za navlarining ekin maydonlarini kengaytirish hamda seleksiya, urug‘chilik va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasidagi ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish orqali paxta xom-ashyosini ishlab chiqaruvchi paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishi belgilab qo‘yilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun ingichka tolali paxta xomashyosi yetishtirishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarni hisobga olgan holda 2020 yil 1 fevralga qadar bir tonna paxta xomashyosining kafolatlangan narxlarini belgilash yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev):

    ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining I-A, I-B, I va II-tiplari bo‘yicha hamda paxta xom-ashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha xarid narxnomasini tasdiqlaydi va 2019 yil hosilidan boshlab yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi;

    ingichka tolali g‘o‘za navlari bo‘yicha faoliyat olib boradigan dastlabki va elita urug‘chilik xo‘jaliklarining moliyaviy manfaatdorligini oshirish maqsadida original urug‘lar uchun to‘lanadigan ustama mablag‘larni besh baravarga oshirish belgilab qo‘yiladi;

    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasi” laboratoriyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgan holda qayta tashkil etilib, uni byudjet mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (Haydarov), “O‘zpaxtasanoat” AJ (Maqsudov) 2020 yil hosilidan boshlab:

    istiqbolli nav sifatida ekib kelinayotgan ingichka tolali g‘o‘za navlarining ishlab chiqarishdagi ko‘rsatkichlari hamda tola sifatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish bo‘yicha takliflari ma’qullanadi;

    Surxondaryo viloyatida 40 ming gektar maydonda ingichka tolali g‘o‘za navlarini ilmiy asoslangan holda joylashtirish bo‘yicha taklifi ma’qullanadi;

    respublikada ingichka tolali g‘o‘za navlari maydonini kengaytirish maqsadida 2020 yil hosili uchun Qashqadaryo viloyatida 6 ming 500 gektar, Buxoro viloyatida 5 ming gektar va Navoiy viloyatida bir ming gektar maydonga joylashtirib, keng ishlab chiqarish sinovi olib boriladi;

    ichki ehtiyojlar hamda eksport uchun urug‘larni yetishtirish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va nav originatorlari o‘rtasida tuzilgan eksklyuziv bo‘lmagan bosh litsenzion shartnomalar asosida markaz va sub’ektlar bilan eksklyuziv bo‘lmagan sublitsenzion shartnomalar tuzish hamda oldindan to‘lov orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi;

    paxta to‘qimachilik klasterlari bilan nav originatorlari o‘rtasida ingichka tolali g‘o‘za navlari, seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlikni moliyalashtirish uzoq muddatli kelishuv shartnomalari asosida yo‘lga qo‘yiladi;

    davlat reyestriga kiritilgan ingichka tolali g‘o‘za navlari urug‘larini ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi elita urug‘chilik xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish va zamonaviy jihozlar bilan modernizatsiya qilish;

    yangi ingichka tolali g‘o‘za navlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida nav originatorlari tasarrufidagi dastlabki elita urug‘chilik xo‘jaliklari strukturasi, shtatlar jadvali va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar kiritiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev) va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Nomozov)ga ingichka tolali g‘o‘za navlari urug‘chiligi bilan bog‘liq tashkiliy-uslubiy faoliyatni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (Yo‘ldoshev) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Xoliqov) ingichka tolali g‘o‘za navlariga bo‘lgan talablardan kelib chiqib, ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilasin hamda 2020 yildan boshlab grant tanlovlari asosida ingichka tolali g‘o‘za navlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (Haydarov), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev) va Fanlar akademiyasi (Yo‘ldoshev) tashkil etilgan klasterlar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari bo‘yicha 10 va undan ortiq mutaxassislar bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzish mexanizmini ishlab chiqadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hukumat paxta bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi