22:50 / 06.11.2019
4 174

89 yoshli onaxonning Toshkentdagi xonadonini egallab olgan qarindoshlari uni Moskva aeroportida qoldirib ketishdi

89 yoshli onaxonning Toshkentdagi xonadonini egallab olgan qarindoshlari uni Moskva aeroportida qoldirib ketishdi
Mehnat va bandlik munosabatlari huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qarindoshlari tomonidan aldangan 89 yoshli onaxonning Toshkentga qaytishiga yordam berdi.

Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Saidnoʻmon Mansurovning Facebook sahifasida yozishicha, Klavdiya Redkina mehnat faxriysi va mehnat fronti qatnashchisi hisoblanadi.

“Vakolatxonamizga Oʻzbekiston fuqarosi, 1930-yilda tugʻilgan Redkina Klavdiya Zaxarovna murojaat qildi. U boshidan oʻtkazgan voqeani jamoatchilikka yetkazishni lozim koʻrdim”, - deb yozadi u.

Onaxon oʻz qarindoshlarining aldovi ortidan Moskvaga kelib qolgan. Klavdiya Zaxarovnaning soʻzlariga koʻra, qizi va nabirasi aldov yoʻli bilan uning Toshkentdagi xonadoniga mulkdorlik huquqini beruvchi ishonchnomaga imzo qoʻydirishib, evaziga Turkiyaga koʻchib ketib nabirasi bilan birga yashashni vaʼda qilishadi.

Qizi Klavdiya Zaxarovnani Turkiyaga joʻnatib yuboradi. Nabirasi u bilan bir oz muddat birga yashagach, onaxonni qizi kutib olishini aytib Moskvaga joʻnatadi. Ammo aeroportda keksa ayolni hech kim kutib olmaydi. Bu yerda unga yordam beradigan tanishlari va qarindoshlari yoʻq edi. Onaxon ikki kun aeroportda qolib ketadi, soʻngra uni Rossiya Federatsiyasining tegishli organlari vakillari olib ketishadi.

Bir necha haftalik azoblardan soʻng Klavdiya Zaxarovna Toshkentga qaytdi. Rossiyada yashayotgan vatandoshlar himmati bilan onaxonga Moskva – Toshkent yoʻnalishida aviachipta olib berildi. Bundan tashqari, uning Toshkentdagi yuridik himoyasi masalasi hal etildi.

“Onaxonning muammosi hal etilishida ishtirok etgan barchaga alohida minnatdorligimni bildiraman. Bunday holatlar qonunchiligimizning zaif tomonlarini koʻrsatadi va uni takomillashtirishga undaydi. Rahmat doʻstlar, kelinglar barcha narsaning ijobiy tarafini izlaylik, qiyinchiliklar bizni ajratishi emas, yaqinlashtirishi lozim”, - deya xulosa qiladi Saidnoʻmon Mansurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 89 yoshli onaxonning Toshkentdagi xonadonini egallab olgan qarindoshlari uni Moskva aeroportida qoldirib ketishdi