14:10 / 07.11.2019
2 424

Toshkentda bir sutkada 3 ta yongʻin sodir boʻldi

Toshkentda bir sutkada 3 ta yongʻin sodir boʻldi
Toshkent shahri hududida 2019-yil 5-noyabr kunidan 6-noyabr kuniga qadar 3 ta yongʻin boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, voqelarda insonlarning halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shulardan eʼtiborga molik boʻlgan yongʻin, 5 kuni soat 22:13da, Sergeli tumani, Yoʻldosh 7-dahasi 1-uy 1-xonadon xujraxonasining devor qoplamasi 5 kv.m. maydonida yongan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 22:15da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 22:23da qurshab olinib, soat 22:38da bartaraf etilgan

Yongʻin sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan, deb tahmin qilinmoqda. Yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda bir sutkada 3 ta yongʻin sodir boʻldi