16:35 / 14.11.2019
3 466

XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti


Foto: Getty Images

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining fikricha, Oʻzbekistonning xorijiy investitsiyalarga ochilgani Markaziy Osiyoda “sogʻlom raqobat”ni keltirib chiqarishi mumkin.

XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori yordamchisi Mark Xortonning seshanba kuni Qozogʻiston poytaxti Nur Sultonda bergan intervyuda maʼlum qilishicha: “Oʻzbekiston ijobiy investitsiyalar boʻyicha Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanadi”. Raqobat “ikkala davlatni ham shaffoflik, oʻz siyosati va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun koʻp harakat qilishga majburlaydi”.

Oʻzbekistonning bir necha yillik izolyatsiyadan keyin chet el sarmoyalariga ochilgani Qozogʻistonning Markaziy Osiyoning iqtisodiy markazi mavqeiga tahdid solmoqda. Oʻzbekiston aholisi 33 million kishini tashkil etadi, bu Qozogʻiston aholisidan bir yarim baravar koʻp, ammo, XVJ maʼlumotlariga koʻra, mamlakat iqtisodiyoti uch baravar kamdir.

Xortonning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston rasmiylariga XVJning siyosiy maslahatlari va texnik yordami kerak, mamlakat qisqa muddatda juda murakkab va keng koʻlamli islohotlarni boshladi.

Xortonning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston katta bozorga ega va iqtisodiyoti har tomonlama rivojlangan, ayniqsa sanoat sektori salohiyatli, shuning uchun u har jihatdan Qozogʻiston bilan raqobatlashishga majbur boʻlmaydi. Mamlakat Qozogʻistonning xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasidagi tajribasidan foydalanish yoʻllarini izlashi kerak hamda har ikki davlat hamkorlik va oʻzaro sarmoyalar uchun ochiq boʻlishi lozim, deya qoʻshimcha qildi u.

Qozogʻiston Iqtisodiyot vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 2016-yildagi 1,5 milliard dollardan 2018-yilda 2,5 milliard dollargacha oshgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti