20:55 / 15.11.2019
5 081

O‘zbekiston dengizga chiqmoqchi

O‘zbekiston dengizga chiqmoqchiAshxabodda Eron, Ummon, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish bo‘yicha ishchi komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar ilgari erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, transport yo‘lagi marshruti variantlari, o‘tkazish punktlarida harakatlarni muvofiqlashtirish va bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi, shuningdek, ishtirok etayotgan har bir mamlakatning qonunchiligi bo‘yicha ma’lumot almashishdi.

Muzokarachilar Ashxobod kelishuviga a’zo davlatlar logistika markazlarining samaradorligi va rolini oshirish zarurligini ta’kidladilar, shuningdek, Turkmaniston, O‘zbekiston, Eron va Ummonning logistika markazlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini tuzish zarurligiga kelishib oldilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston dengizga chiqmoqchi