Noyabr oyining uchinchi o‘n kunligi boshlarida respublika hududi, umuman O‘rta Osiyo hududlarida havo haroratining keskin pasayishi, sovuq arktik havoning mintaqa hududlariga kirib kelishi kutilmoqda.
Bunga hozirda Shimoliy Muz okeani ustida rivojlanayotgan qudratli arktik antitsikloni harakat yo‘nalishining O‘rta Osiyo hududlariga yo‘nalganligi sabab bo‘lmoqda.
19-20 noyabr kunlari Atlantika okeanidan kelayotgan nam oqim(siklon) respublika hududlarida yog‘ingarchiliklar bilan o‘tadi.
21-25 noyabr kunlari respublika hududlarida havo harorati keskin pasayib, kechasi shimoliy hududlarda -9 -14° sovuqni, janubiy hududlarida -4 -9° sovuqni tashkil etadi. 20 noyabr Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida, 21 noyabr kuni respublikaning boshqa viloyatlarida qor yog‘ishi mumkin.
22-25 noyabr kunlari Artik havo quruq bo‘lganligi uchun respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ammo, havo harorati juda sovuqligicha saqlanib qolinadi. Oxirgi marta bu kabi sovuq oqim respublika hududlari, umuman O‘rta Osiyo hududlariga 2018 yilning yanvar oyi uchinchi o‘n kunligi oxirlarida kirib kelgan edi.
Ob-havo omillari ta’siriga moyil insonlar 21-23 noyabr kunlari atmosfera bosimining keskin ko‘tarilishiga tayyor turishlari kerak. Chunki, aynan shu kunlari joylarda atmosfera bosimi yil davomidagi eng maksimal qiymatga ko‘tarilishi mumkin. Bu hodisa oxirgi marta o‘tgan 2018 yilning aynan noyabr oylarida kuzatilgan ekan.
Meteorolog: E Abdulaxatov.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi
Kirg‘iz Respublikasida 45 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion quriladi