“Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi

  • 19 noyabr 2019, 10:15
  • 592
  • O‘zbekiston
  • “Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi
    “Titan Travel” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Borneo va Kosta-Rika bilan bir qatorda 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali va ekzotik yo‘nalishlardan biri sifatida tan olindi.

    2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali davlatlarning Top-20 ro‘yxatidan AQSh, Kanada, Italiya, Hindiston, Janubiy Afrika, Avstriya, Vetnam, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya, O‘zbekiston, Misr, Ispaniya, Kosta-Rika, Borneo, Gretsiya, Sloveniya, Kuba, Peru va Islandiya mamlakatlari o‘rin olgan.

    “Reytingni tuzish davomida alohida mamlakatlarning turizm salohiyati o‘sayotganini kuzatdik. Masalan, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatiga kiritildi, Kosta-Rika 14-pog‘onaga yuqoriladi Borneo birinchi marta yigirmatalikdan o‘rin oldi”, - deydi “Titan Travel” boshqaruvchi direktori Endi Skvirell.

    Reyting mehmonxonalarni band qilish, ekspertlar hamda sayohatchi-jurnalistlar fikri asosida tayyorlangan.
    Endi Skvirellning ta’kidlashicha, bugungi kunda tashkilot 70 mamlakat hamda 7 qit’ani o‘zida mujassam qilgan 300 dan ortiq yo‘nalishni taklif qilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi