21:50 / 21.11.2019
3 138

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 12 noyabrdagi majlisida deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Shundan so‘ng qonun mazkur majlisda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflari asosida har taraflama ko‘rib chiqilib, tahririy tuzatish va o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, hujjatda aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish belgilangan hududlarda bir paytning o‘zida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi «fotosurati»ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Deputatlarning fikricha, aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab, o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar to‘plashning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Majlis kun tartibidan o‘rin olgan mazkur qonun muhokamalardan so‘ng uchinchi o‘qishda ma’qullandi hamda uni Senatga yuborish yuzasidan Qonunchilik palatasining tegishli qarori qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi