09:23 / 02.12.2019
2 535

O‘zbekiston nufuzli tanlovning g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston nufuzli tanlovning g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Onlayn ovoz berish yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston 40 foiz ovoz to‘plagan. Shuningdek, ushbu nominatsiyada g‘oliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Mukofotni topshirish marosimi Moskvada o‘tkazildi. Mukofot tantanali ravishda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili xuddi shu tanlovda O‘zbekiston “Gastronomik turizm” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston nufuzli tanlovning g‘olibi bo‘ldi