Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi

  • 04 dekabr 2019, 09:17
  • 1 422
  • O‘zbekiston
  • Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi
    Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
    FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, 2019-yil 4-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:35da Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi.

    Koordinatalar 39,81 gradus shimoliy kenglik, 68,01 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik h=18 km. Toshkentgacha masofa 191 km janubiy yoʻnalish boʻyicha.

    Yer silkinishi Oʻzbekiston hududida:
    Guliston: 100 km; 2 ball
    Jizzax: 37 km; 3 ball
    Samarqand: 91 km; 2 ball.

    » » Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi