Dekabrning birinchi besh kunligida respublika hududida qishga xos bo‘lmagan - qishning boshlanishi me’yorlaridan 10-12 darajaga yuqori bo‘lgan quyoshli ob-havo kuzatildi. Kechasi harorat 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja iliq, janubda 23-24 daraja issiqqacha ko‘tarildi.
«O‘zgidromet»ning yozishicha, o‘tgan kechada ob-havo o‘zgarib, ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘di. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik qayd etildi, Toshkent viloyatining ayrim joylariga kuchli yomg‘ir yog‘di.
Bugun mamlakatga Kaspiy dengizi tomonidan kirgan antitsiklon sababli havo bulutli va salqindir. Kun oxiriga kelib, kechasi va ertaga ertalab faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat foni me’yorga yaqinlashib, 7-12 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi.
Dam olish kunlarida butun respublika hududi nisbatan salqin va quruq havo oqimi ta’sirida bo‘lib havo ochiq bo‘ladi. Ertaga kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, yakshanba kechasi harorat 0-5 daraja iliqdan oshmaydi, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 14-17 darajagacha iliydi. Bunday harorat me’yordan 3-5 darajaga yuqori. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?