«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

  • 09 dekabr 2019, 15:03
  • 2 502
  • O‘zbekiston
  • «O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
    Bugun Turkmaniston hududidan nisbatan nam va iliq havo oqimlari kirishi ta’sirida kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    «O‘zgidromet»ning yozishicha, shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kunduzgi harorat 14-19 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
    Keyinchalik respublikadagi ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali respublika tomonga siljigan balandlikdagi antitsiklon belgilaydi.

    Respublika hududida 10 dekabrda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi, shimolda yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Mamlakat hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bo‘lib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi, shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi.

    11 dekabrda Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayadi. 12-14 dekabrda ob-havoning beqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik, faqat mamlakatning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

    Sovuq antitsiklon ta’sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib, kechasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajaga iliqqacha tushadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

    O‘tgan dam olish kunlari mamlakat aholisi tuman hodisasini kuzatdi. Mintaqada tuman hosil bo‘lishiga o‘tgan yog‘inlar bilan namlangan iliq tuproqqa sovuq havoning asta sekin oqib kelishi asosiy sabab bo‘ladi. Tumanlar asosan yilning sovuq davrida noyabrdan aprelgacha kuzatiladi, ular ko‘proq dekabr-yanvar oylarida takrorlanadi.

    Asosan kechki, tungi va ertalabki soatlarda kuzatiladigan tuman quyosh chiqishi va harorat bir oz ko‘tarilishi bilan tarqalib ketadi.

    Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgacha davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik ko‘rinuvchanlik 50 m va undan kam bo‘ladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. Bunday holatlar aviatsiya va yer usti yo‘l transporti uchun xavf tug‘diradi.

    O‘tgan kunlarda aynan shunday sharoitlar kuzatildi. Dekabrning birinchi besh kunligida qishga xos bo‘lmagan quyoshli ob-havo kuzatildi, harorat 10-12 daraja iliqni tashkil qilib, tuproqning isishiga keldi. 6 dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antitsiklon natijasida havo aynab, yog‘ingarchilik bo‘ldi. Harorat foni me’yorlargacha tushdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi