O’zbekistonda Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish ko’zda tutilmoqda

  • 15 dekabr 2019, 18:35
  • 696
  • O‘zbekiston
  • O’zbekistonda Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish ko’zda tutilmoqda
    Senat tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va ko’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun ma'qullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

    Qonun bilan Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutilmoqda. Qonunda soliqlarni unifikatsiyalash, o’xshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular sonini maqbullashtirish, soliq hisobotlarini kamaytirish va soddalashtirish, operatsiya xarajatlarini kamaytirish ko’zda tutilgan.

    Ma'qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e'lon qilingach rasmiy kuchga ega bo’ladi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O’zbekistonda Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish ko’zda tutilmoqda