Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq va 3-8 daraja haroratli iliq havo saqlanib turadi. Ertaga respublika hududida ob-havo barqaror bo‘lib harorat 10-13 daraja iliqqacha ko‘tarilishda davom etadi va shu kunning me’yoridan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.
«O‘zgidromet»ning yozishicha, chorshanba kuni mamlakat hududining katta qismida ob-havoning o‘zgarishi kutilmoqda ayrim joylarda yog‘gan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Bu Turkmaniston tumanlaridan nam havo oqimlari kirishi bilan bog‘liq. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqni tashkil qiladi, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi va me’yordan 4-6 daraja past bo‘ladi.
Payshanba (19 dekabr) kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida mamlakat hududiga Volga bo‘yidan kirayotgan sovuq havo fronti ta’sirida kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat shu chegarada saqlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin