O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko‘p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan yangi dastur o‘zaro kelishib olindi.
Kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi