2 372
Facebook’ning 267 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlar internetga sizib chiqdi
Facebook’ning 267 mlndan ko‘proq foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari internetda erkin foydalanishga tushdi. Bu haqda Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, foydalanuvchilarning ismlari, telefon raqamlari va boshqa ma’lumotlaridan iborat bazaga istalgan kishi parolsiz va ro‘yxatdan o‘tmagan holda ega bo‘la olgan.
Tahlilchilarning fikricha. xakerlar bu ma’lumotlardan spam jo‘natish va fishing hujumlarini amalga oshirishda foydalanmoqchi bo‘lishgan. Ko‘p hollarda amerikalik foydalanuvchilar ma’lumotlari o‘g‘irlangan.
Comparitech’da aniqlanishicha, baza vetnamlik xakerlar tomonidan shakllantirilgan. U internetga 4 dekabrda yuklangan. 14 dekabrda uni kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis aniqlab, bu haqda Facebook’ga xabar qilgan. Ayni vaqtda bazaga kirish yopilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”