8 955
Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Yaponiya imperatori mehmoni bo‘lishdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi