18:03 / 21.12.2019
3 862

O‘zbekiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston 2020 yil boshida yangi transport yo‘lagini ishga tushiradi

O‘zbekiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston 2020 yil boshida yangi transport yo‘lagini ishga tushiradi
Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent shahrida Ozarboyjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi ishtirokida xalqaro multimodal transport koridorini rivojlantirish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan koridor ishtirokchilari hamkorligida tashkil etilgan birinchi uchrashuvda, yuk tashish hajmini oshirish, ushbu xalqaro loyihaga a’zo davlatlar hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masallar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yagona tranzit tarif stavkalari va koridor bo‘ylab yuk tashish shartlari o‘rnatilib, logistika infratuzilmasi muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi raisligida loyihada ishtirok etayotgan davlatlar temir yo‘llari rahbarlaridan tarkib topgan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tuzishga kelishib oldi.

Ushbu multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner yuk poyezdining ilk sinov qatnovini 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston 2020 yil boshida yangi transport yo‘lagini ishga tushiradi