3 212
Nukusda fuqaro firibgarning va’dasiga ishonib, 165 mln so‘m pulini Nigeriyadagi hisob raqamlarga o‘tkazib yubordi
Nukus shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan G.P. internet tarmog‘i orqali «Mark Robert» ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQSHda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kiradi.
Kun.uz’ning xabar berishicha, sodda va ishonuvchan yurtdoshimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo‘lkira va boshqa «xarajatlar» uchun jami 165 million 323 ming so‘m pul mablag‘ini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o‘tkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan «va’da»sining ustidan chiqmaydi.
Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi