Bugun O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo saqlanib turadi, respublika hududining katta qismida ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, bu Turkmaniston hududidan nam havo oqimlari chiqishi davom etayotgani bilan bog‘liqdir. Kunduzgi harorat iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lib 5-8 daraja iliqni, janubda 10-12 daraja iliqni tashkil qiladi.
4-5 yanvar kunlari mamlakatda ob-havo o‘zgarmaydi. Avvalgidek vaqti-vaqti bilan ochilib, bulutli havo ustunlik qiladi, ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 4 yanvarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning shimoliy hududlarida faqat 4 yanvarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 yanvarda ushbu joylarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha pasayadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik"