Bugun, 6 yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
8-9 yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antisiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
10 yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi