16:10 / 17.01.2020
3 607

O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Bugun O‘zbekiston hududida ob-havoning shakllanishiga sovuq antisiklon chegarasi ta’sir ko‘rsatmoqda, uning markazi Qozog‘istonning sharqiy tumanlari ustida joylashgan. Butun respublika bo‘ylab ochiq ob-havo kuzatilmoqda. Havo harorati kunduzi 2-5 daraja iliqqacha, janubda 7 daraja iliqqacha ko‘tarildi, bu me’yoriy qiymatlardan sal pastdir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, shanba kuniga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududi hali ham sovuq antisiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi va sovuq havo saqlanib turadi. Kunduzi sovuq havo oqimi sharq tomonga asta chekinadi va harorat 5-7 daraja, ayrim joylarda 8-10 darajagacha iliydi. Respublikada kam bulutli yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.

Yakshanba kuni Turkmanistondan nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Respublika bo‘yicha ob-havoning bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, shamol kuchayib sekundiga 15-20 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti