19:15 / 20.01.2020
3 291

«Bizga Navoiy yoki Boburni o‘qitishmagan» – Shavkat Mirziyoyev milliy tarix haqida gapirdi

«Bizga Navoiy yoki Boburni o‘qitishmagan» – Shavkat Mirziyoyev milliy tarix haqida gapirdi
Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk majlisida so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev milliy tarixni anglashning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Yaqinda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida gapirdim. Bobur 12 ming askar bilan 100 ming askarni yenggan. O‘sha paytda shunday qilish mumkinmidi? Yo‘q. Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, aql-zakovat.

Men Boburni bugun ko‘p gapiryapman. Quyi palata yig‘ilishida ham gapirdim. Umuman, shu kunlarda men tariximizni ko‘p o‘qishga harakat qilyapman.

Ming afsuski, bizga sovet davrida Pushkin, Lermontovning bobolari xoki qayerda to‘kilganini o‘qitgan xolos. Alisher Navoiy yoki Boburlarni o‘qitmagan. Rus tilida o‘qigan odamlar Pushkin, Lermontovni o‘qigan. Biz hech kimga Boburni o‘qitmaganmiz. Uning ekologiya haqida yozganlarini o‘qisangiz, hozirgi davrda yashaydi, deb o‘ylaysiz.

Yoki, shuncha yil harbiy maktablarimiz Suvorov nomida bo‘lgan. Birorta odam aytmaganki, mustaqil bo‘lganimizga necha yil bo‘ldi, nega maktab nomi Suvorov bo‘lishi kerak, deb. Biz Suvorov maktablarini Temurbeklar maktabiga o‘zgartirdik
», – dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Bizga Navoiy yoki Boburni o‘qitishmagan» – Shavkat Mirziyoyev milliy tarix haqida gapirdi