Oliy Majlis Senati binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev jamiyatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarga alohida to‘xtaldi.
“Uch yil oldin senatorlar tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda hududlardagi muammolarni o‘rganish va mahalliy kengashlarda muhokama qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Biroq bu biz kutgan natijani berdi, deb hozircha ayta olmaymiz.
Joylarda hali juda ko‘p muammolar hali o‘z yechimini kutib turibdi. Masalan, yo‘l qurilishi sohasida jami 184 ming kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘llarining 70 ming kilometri, yoki 38 foizi qayta qurishga muhtoj. Odamlarning eng ko‘p e’tiroziga sabab bo‘layotgan kommunal xizmat sohasini oladigan bo‘lsak, bu borada ham juda-juda ko‘p muammolar mavjud.
Masalan, mavjud 630 ta qozonxonaning 25 foizi hamda 4 ming kilometr issiqlik tarmog‘ining 75 foizi yaroqsiz ahvolda. Eng achinarlisi, respublikamizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi atigi 68 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 60 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda.
Shaharsozlik sohasida mamlakatimizda 1 ming 200ta aholi punktidan 232 tasi, yoki 19 foizi bosh rejaga ega.
Sog‘liqni saqlash sohasida respublikamiz bo‘yicha 13 mingta umumiy amaliyot vrachlari va tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi. 2019-2020 o‘quv yilida umumta’lim maktablarida 2700dan ortiq pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, maktablarni jihozlash darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 3 mingta maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi. 261 ta maktabda esa suv bilan mutlaqo ta’minlanmagan.
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 8,9 foizni, ayollar o‘rtasida 12,5 foizni tashkil etadi.
Albatta uzoq vaqt davomida xalq bilan muloqot qilinmagani, uning dardi, tashvishlarini atroflicha o‘rganib, hal qilish choralari ko‘rilmagani oqibatida mana shunday ijtimoiy muammolar to‘planib qolgani hech kimga sir emas”, - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi