13:45 / 21.01.2020
3 157

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida
“Global Terrorism Index — 2019” reytingida terrorizm xavfi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 2018 yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini uch pog‘onaga oshirdi va 2019 yilda 132 o‘rindan 135 o‘ringa ko‘tarilib, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida qoldi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi“ markaziga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Reytingdan dunyoning 160 mamlakati terrorizmning xavflilik darajasi bo‘yicha o‘rin olgan. Shuningdek, eng xavfsiz davlatlar qatorida Turkmaniston va Belorussiya (138 o‘rin) tan olingan. Estoniya 123 o‘rinni, Latviya 117, Litva 107, Ozarbayjon 103, Gruziya 90, Qirg‘iziston 87, Qozog‘iston 85, Tojikiston 50 o‘rinni egallamoqda.
Rossiya Federatsiyasi esa terroristik xavf bo‘yicha 4,9 ballni qayd etib, reytingning 37 o‘rnini to‘ldirib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida