13:59 / 24.01.2020
3 110

Prezident: “Moratoriy tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas”

Prezident: “Moratoriy tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasidagi vazifalarga to‘xtalar ekan, biznes muhitini yanada yaxshilash eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi:

Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida, eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik.

Xabaringiz bor, bundan 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriy muddati tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.
Kimgadir bu yoqadimi-yoqmaydimi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shuni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.

Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa bundan 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarur
".

Murojaatnoma davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: “Moratoriy tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas”