Respublikada ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, 10 fevralda respublikaning ayrim joylariga va 11-12 fevralda tog‘li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 fevralda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 10 va 12 fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bugun harorat 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
11-13 fevral kunlari havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
14 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha bir oz tanaffus bilan ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. 15 fevralda Kavkaz hududidan kiradigan antisiklon ta’siri natijasida mamlakatda yana yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni ko‘rsatib o‘tilgan chegarada saqlanib turadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi