14:05 / 15.02.2020
5 698

Eri Rossiyaga ketgan ayollarning devoridan oshmoqchi bo‘lgan shaxsga chora ko‘rildi

Eri Rossiyaga ketgan ayollarning devoridan oshmoqchi bo‘lgan shaxsga chora ko‘rildi
Quva tumani Toshovuz maxalla fuqarolar yig‘inida yashovchi huquqbuzar Q.Qobulov 2020 yil 4 yanvar kuni soat 15:00 larda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, to‘ydan uyga qaytayotib, ayoli kasalligi esiga tushib ketib, jabrlanuvchi mahalladoshi U.Botirovaning yashash xonadoniga uning ruxsatisiz kirib, U.Botirovaga u bilan yashash xonadoniga borib turmush o‘rtog‘iga ukol qilishini aytadi.

Shunda jabrlanuvchi U.Botirova uni o‘ta mast holatda ekanligini aytib, uyiga kirib ketmoqchi bo‘lganida u uyga kirib ketishga yo‘l qo‘ymaydi, shundan so‘ng jabrlanuvchining onasi chiqib, nima bo‘layotganligini so‘raydi, shunda huquqbuzar Q.Qobulov “onangni olib ketaman shunda sen ham men bilan borasan” deb tahdid va haqoratli so‘zlar bilan so‘kadi.

So‘ngra jabrlanuvchi U.Botirova huquqbuzar Q.Qobulovdan qo‘rqib, sekingina darvozasini berkitib qo‘yishga erishadi. Bundan jahli chiqqan huquqbuzar darvozasini ochishini talab qilib, to‘xtovsiz tepishni boshlaydi. U darvozasini ochmaganidan so‘ng haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib devoridan oshib o‘tayotganida mahallada yashovchi qo‘ni-qo‘shnilar tomonidan to‘xtatib qolinadi.

Shundan so‘ng, Q.Qobulovni mahalladagilar uyiga jo‘natib yuboradi. Biroq Q.Qobilov jabrlanuvchining boshqa bir qo‘shnisi M.Abdujalilovaning uyiga kirib, sababsiz uni ham so‘kishni boshlaydi. U esa sudda 3 nafar farzandi bilan umuman tanimagan insonning bu harakatlaridan shokka tushadi va IIBga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ladi.

Sudda jabrlanuvchilar tomonidan berilgan ko‘rsatmalar va haqli e’tirozlardan biri shu bo‘ldiki, “Nega huquqbuzar Q.Qobulov aynan “turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan ayollarning uyiga kirib to‘polon qilib, o‘zini ko‘rsatdi”, u mahallada kelayotganida va qaytayotganida turmush o‘rtog‘i uyida bo‘lgan mahalladoshlarini tinchini nega buzmadi?”.

Huquqbuzar Q.Qobulov sudda muqaddam sudlanganligini, huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqror va pushaymon bo‘lib, jabrlanuvchi U.Botirova mahalladoshi bo‘lishini, haqiqatdan ham 2020 yil 4 yanvar kuni to‘ydan spirtli ichimlik iste’mol qilgani sababli, mast bo‘lib qolib, turmush o‘rtog‘i betobligi esiga tushib, mahalladoshi U.Botirova hamshiraligini bilib, uni yashash uyiga borib, unga turmush o‘rtog‘iga ukol qilishini talab qilganligini, U.Botirova uni mast holatdaligini ko‘rib, bunga qarshilik qilgani sababli jahl ustida o‘sha yerda uni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, baqir-chaqir qilib to‘polon qilib yuborgani, darvozalarini tepib, devoridan oshib o‘tib, bir necha bor so‘kkanligini, mahalladagilarni tinchini buzganligini, uyiga qaytayotib, mahalladoshi M.Abdujalilovaning ham uyiga kirib ularning ham sababsiz tinchini buzganligini, jabrlanuvchilarning turmush o‘rtoqlari Rossiya Federatsiyasiga ketganligidan xabari borligini, bu holat takrorlanmasligini aytib ko‘rsatma berdi.
Ushbu ma’muriy ish sudda ko‘rilib, huquqbuzarga nisbatan qamoq bilan bog‘liq jazo tayinlandi.

Farg‘ona viloyat ma’muriy
sudining sudyasi M.Maraximov

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Eri Rossiyaga ketgan ayollarning devoridan oshmoqchi bo‘lgan shaxsga chora ko‘rildi