Xalq bankining «Omad kulganda» lotoreyasi natijalari e’lon qilindi

  • 17 fevral 2015, 11:59
  • 18 594
  • O‘zbekiston
  • Xalq bankining «Omad kulganda» lotoreyasi natijalari e’lon qilindi

    Davlat – tijorat Xalq bankining «Omad kulganda» tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasining yutuqlar tiraji 2015 yil 10 fevral kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Xalq banki Axborot markazi.

    Avval xabar berilganidek, natijalar 13 fevral kuni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan. Shuningdek, lotoreya natijalari Xalq banki rasmiy saytiga ham joylashtirilgan (PDF).

    Miqdori 500 000 (besh yuz ming) so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlari bankning istalgan filialida, 500 000 (besh yuz ming) so‘m va undan ortiq miqdordagi pul yutuqlari bank markaziy apparatining Lotereyalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limida ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, lotereya bileti ekpertizaga topshirilgan filialda to‘lab beriladi.

    Avtomobil yutug‘i chiqqan lotereya biletlari bo‘yicha yutuqlar, yutuq egalarining turar joyi bo‘yicha joylashgan Xalq banki filialida (qulaylik uchun) ekspertizaga qabul qilinadi va lotereya bileti ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, Xalq bankining Toshkent shahar, Amur Temur shoh ko‘chasi, 3–uy manzilida joylashgan Bosh amaliyotlar boshqarmasidan beriladi.

    Yutuqli biletlar, yutuqlar tiraji Rasmiy jadvali e’lon qilingan kundan boshlab to‘rt oy muddat davomida to‘lovga qabul qilinadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, yutuqli biletlar o‘z kuchini yo‘qotadi va to‘lovga qabul qilinmaydi.

    Manba: www.daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xalq bankining «Omad kulganda» lotoreyasi natijalari e’lon qilindi