Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ va Beshyog‘och maydoni yaqinida qurilayotgan yangi uyda to‘liq Janubiy Koreya texnologiyalaridan foydalanilmoqda, deb yozadi «12news.uz».
«Narodnoe slovo» gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, Anhor bo‘yida quriladigan uyning fasadi to‘liq oynadan bo‘ladi, bino ichining loyihasi, birinchi va oxirgi qavatlar butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. Binoning temir-beton karkasi 9 ballik zilizilaga chidamli qilib ishlanadi. Mustahkam poydevor qurilishiga esa bir yil vaqt sarflangan.
Qayd etilishicha, 7 qavatli uy sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Birinchi va ikkinchi qavatlarda ofislar, do‘konlar va fitnes markazi, yuqori etajlarda esa turar-joylar joylashadi. Binoda ikkita katta lift, avtonom isitish tizimi, elektr energiyasidagi uzilish vaqtida ishlatiladigan o‘z generatori bo‘ladi. Eshik qulflari uy egasining barmoq izlarini taniydigan moslama bilan jihozlanadi.
Qurilayotgan uydagi xonadonlarning yarmidan ko‘prog‘i sotib bo‘lingani qayd etilgan. Ushbu uy foydalanishga topshirilgach Anhor bo‘yida xuddi shunday yana 12 ta uy qurilib, yangona infratuzilmaga birlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi