O‘zbekistonda maishiy elektr uskunalarga energiya sarfi ko‘rsatkichlari bo‘yicha majburiy energetik markirovka qo‘yish va sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ochiq muhokama uchun Davlat xizmatlari yagona interaktiv portaliga joylandi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Bunday asbob-uskunalar ro‘yxatiga sovitgichlar, muzlatkichlar, maishiy kir yuvish mashinalari, havoni kondisiyalovchi uskunalar, maishiy stasionar elektr plitalari, elektr duxovkalar, idish yuvuvchi mashinalar, mikroto‘lqinli pechlar, televizorlar, elektr suv isitgichlar, elektr isitish uskunalari va lampalar kiradi.
Jahon amaliyotiga muvofiq, maishiy elektr uskunalarning energetik samaradorlik sinflarini ko‘rsatish uchun “A”, “B”, “C”, “D”, “E”, “F”, “G” dan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, “G” energetik samaradorlik sinfidagi maishiy texnikalarni keltirish va sotishni 2018 yil 1 yanvardan, “F” sinfidagilarini — 2019 yil 1 yanvardan, “E” sinfidagilarini — 2020 yil 1 yanvardan taqiqlash nazarda tutilgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi