Toshkent, Zamin.uz — Fijduvonlik taniqli hunarmand Abdulla Narzullaev o‘n yil davomida olib borgan izlanishlaridan so‘ng sopol buyumlar sirtiga ishlov berishning qadimiy usulini qayta tikladi.
— Hozir kulollikda, asosan, oq qo‘rg‘oshin qo‘shilgan sirdan foydalaniladi, — deydi hunarmand. — Vaholonki, ilgari ota-bobolarimiz bu xom ashyoni tayyorlashning tabiiy usullaridan ham xabardor bo‘lishgan. Biz shundan kelib chiqib, osoriatiqalarni, ularning, asrlar o‘tsa-da, yorqin tovlanishi sir-sinoatini o‘rgandik, tajribalar o‘tkazdik. Tuyatovon, qirqbo‘g‘im, baliqko‘zi kabi butasimon o‘simliklar tanasini kuydirib, uning kuliga oqtosh qo‘shdik. Hosil bo‘lgan moddani xumdonda 1100 daraja haroratda pishirdik. Keyin uni tegirmondan o‘tkazib, suv qo‘shdik. Natijada zarur qorishma yuzaga keldi. Bunday sir bilan ishlov berilganda, sopol buyumlar rangi yanada yorqinlashadi, jilosi o‘zgacha bo‘ladi, tabiiylik yaqqol sezilib turadi.
Biz qayta tiklagan bu usul koshinkorlikda ham juda qo‘l keladi. Negaki, qadimiy obidalarni ta’mirlashda foydalaniladigan koshinlar yuzasiga shunday sir bilan ishlov berilsa, ular yillar davomida ohorini yo‘qotmaydi.
Manba: www.12news.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi